Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/02 01:00 PSJ 2-2 Monako
26/02 01:00 Real Madrid 2-1 Benfika
26/02 01:00 Yuventus 3-2 Galatasaroy
27/02 18:00 Buxoro - Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon - So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor - Qizilqum
28/02 00:45 Parma - Kalyari
28/02 01:00 Levante - Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton - Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti

Gulistondagi stadion 16 ming muxlisga mo‘ljallab ta’mirlanmoqda

Gulistondagi stadion 16 ming muxlisga mo‘ljallab ta’mirlanmoqda

Baho:
+ | -

2026 yilning ikkinchi yarmida respublikamizda yana bir yangi stadion qad rostlaydi. Kecha — 13 dekabr sanasida Liga ishchi guruhi Guliston shahrida bo‘lib, mazkur stadion loyihasi bilan tanishib chiqdi.

12 dekabr kuni Sirdaryo viloyati hokimi Erkinjon Turdimov arenaga tashrif buyurib, unda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qator vazifalarni belgilab bergan bo‘lib, bunda Liga talablari inobatga olinishi lozimligi, tashkilot ishchi guruh bilan hamkorlikda faoliyat olib borish muhim ekanligini ta’kidlab o‘tgandi. 13 dekabr kungi uchrashuvdan so‘ng amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan ko‘chirildi.

Liga birinchi navbatda qurilish davomida teletranslyasiyalar masalasi inobatga olinishi lozimligi bo‘yicha suhbatlashdi. Bunda kamera platformalari qay tartibda joylashtirilishi, qurilish davomida kabel tizimlari puxtka o‘tkazilishi, Gulistonga katta futbolning ehtimoliy qaytishi inobatga olinib, VAR xonasi qanday ishlashi, ko‘chma televizion stansiyalarning joylashuv nuqtalari kelishib olindi.

Shuningdek, stadionda media tribuna bunyod etish, matbuot anjumanlari, sharhlovchilar xonasi, texnik zona qanday ko‘rinishda bo‘lishi kabi masalalarda fikr almashilindi. Stadion maydonida drenaj va sug‘orish tizimi bitkazilgan, ishning shu va keyingi — maysani parvarishlashgacha bo‘lgan qismi uchun Farg‘onadagi "Istiqlol" stadioni parvarishi bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar jalb etilgani e’tiborga molik.

Gulistondagi stadion 16 ming muxlis uchun mo‘ljallangan bo‘lib, maydon perimetri bo‘ylab to‘rt tomonlama tribunalardan faqatgina texnik zona tomondagisi yangidan quriladi. Stadionga zamonaviy tablo o‘rnatiladi, yoritish tizimi to‘liq qayta demontaj qilinishi ko‘zda tutilgan. Loyiha 2026 yilning ikkinchi yarmida qabul qilib olinishi rejalashtirilgan. Unga qadar "Guliston" klubi raqiblarini Yangiyerda qabul qiladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 17:09, 14.12.2025.
O'qildi: 1284 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.