Kirish Ro'yxatdan o'tish

De Yong Yamalning noyob fazilatini ta’kidladi

De Yong Yamalning noyob fazilatini ta’kidladi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jamoadoshi Lamin Yamal haqida gapirdi.

18 yoshli vinger yakshanba kuni La Ligada "Vilyarreal"ga qarshi kechgan o‘yin (2:0) qahramonlaridan biriga aylandi. Raqib muxlislari "ko‘k-anorranglilar" yulduziga hushtakbozlik qilishdi, futbolchi bunga gol bilan javob qaytardi.

"Bu har doim Yamalning o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan - u bunday sharoitlarda o‘ynashni yaxshi ko‘radi, chunki uning xarakteri kuchli. Umid qilamanki, u bu fazilatini yo‘qotmaydi va shu ruhda davom etadi," - dedi de Yong o‘yindan keyingi intervyusida.

Lamin Yamal joriy mavsum "Barselona" safida 20 ta bahsda 9 ta gol va 11 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 10:37, 22.12.2025.
O'qildi: 565 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик