Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 15:00 Komo 1-0 Parma
17/05 15:00 Jenoa 1-2 Milan
17/05 15:00 Yuventus 0-2 Fiorentina
17/05 15:00 Piza 0-3 Napoli
17/05 15:00 Roma 2-0 Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted 3-2 Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter 1-1 Verona
17/05 19:00 Everton 1-3 Sanderlend
17/05 19:00 Brentford 2-2 Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids 1-0 Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton 1-1 Fulhem
17/05 21:00 Atalanta 0-1 Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl 3-1 Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano 2-0 Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko 1-0 Jirona
17/05 22:00 Osasuna 1-2 Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao 1-1 Selta
17/05 22:00 Elche 1-0 Xetafe
17/05 22:00 Levante 2-0 Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad 3-4 Valensiya
17/05 22:00 Sevilya 0-1 Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo 0-1 Alaves
17/05 23:45 Kalyari 2-1 Torino
17/05 23:45 Sassuolo 2-3 Lechche
17/05 23:45 Udineze 0-1 Cremonese
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti

“Real” Negreyra ishi sabab “Barselona”dan katta miqdorda kompensasiya talab qilmoqchi

“Real” Negreyra ishi sabab “Barselona”dan katta miqdorda kompensasiya talab qilmoqchi

Baho:
+ | -

“Real Madrid” Ispaniya sobiq hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) vise-prezidenti Xose Mariya Enrikes Negreyraga amalga oshirilgan to‘lovlar sabab “Barselona” tomonidan yetkazilgan zarar uchun ko‘p millionli kompensasiya talab qilib sudga murojaat qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Madrid klubi fikricha, ushbu harakatlar “musobaqalarning asl mohiyatini buzgan va tushunarsiz qarorlar orqali ularni soxtalashtirishga olib kelgan”.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda “Barselona” va uning rahbariyatiga Ispaniya Qirollik futbol federasiyasida (RFEF) faoliyat yuritgan, hakamlar texnik qo‘mitasi (CTA) sobiq vise-prezidenti Xose Negreyraga o‘tkazib berilgan mablag‘lar bo‘yicha poraxo‘rlik ayblovlari qo‘yilgan edi. Sud “Barselona” tomonidan 2001–2018 yillar oralig‘ida Negreyraga bir necha million yevro to‘langani jinoyat alomatlariga ega, deb topgan.

Avvalroq Madridning “Real” klubi “Negreyra ishi” bo‘yicha sud jarayonida xususiy ayblovchi sifatida ishtirok etayotgani haqida xabar qilingan edi. 12 dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tgan sud majlisida “Real” yuristlari “Barselona” prezidenti Joan Laportani so‘roq qilishdi.

“Qaymoqranglilar” huquqshunoslari Laportadan hakamlar texnik qo‘mitasi sobiq vise-prezidenti Xose Negreyraga to‘lovlarning 800 foizga oshirilish sabablari, Negreyraning o‘g‘li “ko‘k-anorranglilar” uchun hakamlar hisobotlarini tayyorlashda ishtirok etgani, “Barselona” to‘lovlarni nega soliq organlaridan yashirgani va ularning asl kelib chiqishi haqida savollar berishgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:28, 26.12.2025.
O'qildi: 1858 marta.
Fikrlar: 53 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик