Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta

Yildiz afsonaviy del Pyeroning yutug‘ini takrorladi

Yildiz afsonaviy del Pyeroning yutug‘ini takrorladi

Baho:
+ | -

"Yuventus" hujumchisi Kenan Yildiz "Piza"ga (2:0) qarshi o‘yinda gol urdi.

Turkiyalik futbolchi hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda darvozani ishg‘ol qilib, "byankonerilar"ning ishonchli g‘alabasini ta’minladi. Opta xabariga ko‘ra, Yildiz A Seriyada 21 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar orasida urgan gollari soni bo‘yicha (15) klub afsonasi Alessandro del Pyeroga yetib oldi. "Keksa sinyora"ning hozirgi yetakchisi o‘z kumiri bilan bu ko‘rsatkich bo‘yicha klub tarixida oltinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi.

Kenan Yildiz hozir 20 yosh-u 238 kunlik. Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda Turin jamoasi safida 23 ta o‘yinda 7 ta gol va 6 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.

Kiritildi: 08:54, 28.12.2025.
O'qildi: 910 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик