Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

Shaxmat. Blis bo‘yicha JCH. Umida Omonova 1-kundan so‘ng 3-o‘rinda bormoqda, Nodirbek Abdusattorov top-10da

Shaxmat. Blis bo‘yicha JCH. Umida Omonova 1-kundan so‘ng 3-o‘rinda bormoqda, Nodirbek Abdusattorov top-10da

Baho:
+ | -

Qatarning Doha shahrida shaxmatning blis yo‘nalishidagi jahon chempionati boshlandi. Musobaqaning birinchi kun doirasida erkaklar 13 ta, ayollar esa 10 ta o‘yin o‘tkazishdi.

Ayollar turnirida Umida Omonova bugun juda yaxshi natija qayd etdi. U 10 imkoniyatdan 8 ochko to‘plagan holda 3-o‘rinda bormoqda. Ikkinchi o‘rindagi Aleksandra Goryachkina hisobida ham shuncha ochko bor. Niderlandiyalik Elina Roybers esa 8,5 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Umida 11-turda aynan Roybersga qarshi o‘ynaydi.

Erkaklar o‘rtasidagi musobaqaning birinchi kunidan keyin o‘zbekistonliklar orasida Nodirbek Abdusattorov eng yaxshi natija qayd etmoqda. U 13 imkoniyatdan 9 ochko jamg‘arib, 10-o‘rinda bormoqda. Abdusattorov ertaga 14-turda hindistonlik Narayananga qarshi dona suradi.

Javohir Sindarov esa 8,5 ochko bilan 25-pog‘onani egallab turibdi. Javohirning ertangi ilk bahsi armanistonlik Aram Xakobyanga qarshi bo‘ladi.

Bugun Abdusattorov va Sindarov 12-turda o‘zaro to‘qnash kelib, durang qayd etishganini ta’kidlash lozim.

Erkaklar musobaqasida jami 19 ta tur o‘tkaziladi va eng yaxshi natija qayd etgan 4 shaxmatchi medallar uchun kurashda ishtirok etadi: yarim final va final.

Ayollar turnirida esa 15 ta turdan keyin 4 shaxmatchi chempionlik va sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 23:05, 29.12.2025.
O'qildi: 2371 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик