Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv - Navbahor
17/04 19:00 OKMK - Buxoro
17/04 20:15 Surxon - Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted

"Liverpul" 100 mln yevrolik futbolchi transferi uchun "MYU" bilan kurashishi mumkin

"Liverpul" 100 mln yevrolik futbolchi transferi uchun "MYU" bilan kurashishi mumkin

Baho:
+ | -

"Liverpul" "Manchester Yunayted" va "Tottenxem"ga qo‘shilib, "Brayton" yarim himoyachisi Karlos Baleba uchun kurash olib boradi. 22 yoshli futbolchining ehtimoliy transferi manfaatdor klublarga 100 mln yevroga tushishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, joriy qishda bir nechta jamoalar kamerunlik futbolchining transferi bo‘yicha so‘rov yuborgan, ammo "chaykalar" yanvarda Balebani sotishga tayyor emas. Biroq, "Brayton" kelasi yozda yarim himoyachining ketishini kutmoqda.

Kamerunlik futbolchi 2023 yilning yozidan beri "Brayton"da o‘ynamoqda. Bu vaqt ichida u barcha turnirlarda 96 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt portalida keltirilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 60 mln yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 14:52, 03.01.2026.
O'qildi: 1365 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик