Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/03 00:45 Yuventus 4-0 Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao 0-1 Barselona
08/03 16:30 Lechche 2-1 Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal 2-1 Elche
08/03 19:00 Bolonya 1-2 Verona
08/03 19:00 Fiorentina 0-0 Parma
08/03 20:15 Xetafe 2-0 Betis
08/03 22:00 Jenoa 2-1 Roma
08/03 22:30 Sevilya 1-1 Rayo Valyekano
09/03 00:45 Milan 1-0 Inter
09/03 01:00 Valensiya 3-2 Alaves
10/03 00:45 Lasio - Sassuolo
10/03 01:00 Espanyol - Real Ovyedo
10/03 19:00 Neftchi - Andijon
10/03 19:45 Mash’al - Qizilqum
10/03 20:00 Paxtakor - Navbahor

“YUventus” “Atletiko” hujumchisini sotib olmoqchi

“YUventus” “Atletiko” hujumchisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

Madridning “Atletiko” klubi hujumchisi Aleksandr Syorlotga “Yuventus” jiddiy qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Football Espana nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, turinliklar Syorlotni Dushan Vlahovichning o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda. Serbiyalik futbolchining turinliklar bilan shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga yetadi. Shu bois klub “Atletiko” hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Yuventus” norvegiyalik hujumchiga asosiy tarkibdan joy taklif qilishga tayyor. “Atletiko” esa futbolchi uchun 32 million yevro talab qilmoqda.

Avvalroq Syorlotga “Liverpul”, “Fenerbahche” va “Galatasaroy” klublari ham qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi. Hujumchining madridliklar bilan shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha amal qiladi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Syorlot “Atletiko” safida jami 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5 ta gol va 1 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan. Transfermarkt portali futbolchining qiymatini 20 million yevroga baholagan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 18:22, 03.01.2026.
O'qildi: 987 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.