Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/01 19:00 Piza 0-3 Komo
06/01 22:00 Lechche 0-2 Roma
07/01 00:45 Sassuolo 0-3 Yuventus
07/01 01:00 Vest Xem 1-2 Nottingem Forest
07/01 22:30 Bolonya - Atalanta
07/01 22:30 Napoli - Verona
08/01 00:30 Bornmut - Tottenhem
08/01 00:30 Brentford - Sanderlend
08/01 00:30 Kristal Pelas - Aston Villa
08/01 00:30 Everton - Vulverhempton
08/01 00:30 Fulhem - Chelsi
08/01 00:30 Manchester Siti - Brayton
08/01 00:45 Parma - Inter
08/01 00:45 Torino - Udineze
08/01 00:45 Lasio - Fiorentina
08/01 01:15 Byornli - Man. Yunayted
08/01 01:15 Nyukasl - Lids
08/01 22:30 Cremonese - Kalyari

Rahimjon Davronov: «Ajoyib muhit bo‘ladi. Shu tomonlama menga qiziq va yoqimli bo‘lyapti»

Rahimjon Davronov: «Ajoyib muhit bo‘ladi. Shu tomonlama menga qiziq va yoqimli bo‘lyapti»

Baho:
+ | -

«Andijon»ga yangi taklif qilingan va shartnoma imzolagan futbolchilardan yana biri — Rahimjon Davronov bo‘lib, tajribali posbon «Burgutlar» bilan birga joriy yilgi mavsum uchun tayyorgarlikka kirishdi.

O‘z navbatida klub matbuot xizmati Davronovdan «Burgutlar» a’zosi sifatidagi ilk intervyusini oldi.

— «Andijon» bilan shartnoma imzoladingiz va dastlabki taassurotlar qanday?

— Taassurotlar a’lo darajada. «Andijon» jamoasiga o‘tganimdan xursandman. Avvalambor, menga yoqqan tomoni muxlislaridir. Ajoyib muhit bo‘ladi. Shu tomonlama menga qiziq va yoqimli bo‘lyapti. Tezroq chempionat boshlanishini xohlayapman.

— Darvozabon uchun asosiy narsa nima, deb o‘ylaysiz?

— Psixologiya. O‘yin paytida qanaqa natija bo‘lishidan qat’iy nazar darvozabon birinchi navbatda o‘zini yo‘qotib qo‘ymasligi kerak. Gol o‘tkazsa ham hech qachon «sinib» qolmasligi lozim. Agar goldan keyin «sinib» qolsa yana gollar o‘tkazaveradi. Shuning uchun o‘ziga ishonch juda muhim. Ana shunda jamoadoshlari balki ikkita gol urib ketishi mumkin. Shu bois darvozabon uchun eng kerakligi psixologiya.

— «Andijon»dan taklif bo‘lishini kutganmidingiz?

— To‘g‘risini aytsam, 2-3 ta variantlarim bor edi. Eng avvalo, «Lokomotiv» meni olib qolishni xohladi. «Andijon»dan taklif tushgach, birinchi o‘ylaganim muxlislar va atmosfera bo‘ldi. U yerdagi ajoyib muhitda o‘ynashni xohladim. Samvel Vyacheslavovich qo‘ng‘iroq qildi. Rahbariyat bilan gaplashib oldik. Har doim Samvel Babayan boshqargan jamoada katta maqsad bo‘ladi. Shuning uchun ham ushbu variantni tanladim.

— Yangi mavsumdagi intriga juda kuchli bo‘ladi. «Andijon» ham tarkibini sezilarli darajada kuchaytiryapti. Xo‘sh, bu yilgi chempionatdan nima kutyapsiz?

— Har bir inson oldiga katta maqsad qo‘yadi. Tarkibdan kelib chiqib qaralsa, albatta vazifa yuqori. Rahbariyat ham oldimizga kerakli maqsadlarni qo‘yishgan. O‘ylaymanki, bunday tarkib va sharoit bilan bemalol vazifani bajarsa bo‘ladi.

— Muxlislarning jamoadan umidi katta. Ular uchun nima deya olasiz?
— Ishqibozlarga gap bo‘lishi mumkin emas. Oldin bu yerda o‘ynamagan bo‘lsam ham ijtimoiy tarmoqlarda ko‘rib turamizki, bunday qo‘llab-quvvatlovdan keyin ularni ham, o‘zimizni ham orzuyimizni amalga oshira olamiz.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 23:27, 05.01.2026.
O'qildi: 667 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.