O‘tgan dam olish kunlari Kataloniyaning "Barselona" klubi Ispaniya chempionatida "Espanyol"ni 2:0 hisobida mag‘lub etib, navbatdagi g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Bu Kataloniya superklubi uchun Ispaniya chempionatidagi ketma-ket to‘qqizinchi g‘alaba bo‘ldi. Ushbu natija germaniyalik mutaxassis Xans-Diter Flik boshqaruvidagi jamoa tomonidan ikkinchi bor qayd etildi.
O‘tgan mavsumda ham "Barsa" chempionatda ketma-ket to‘qqizta g‘alabadan iborat seriya qayd etgandi va hozir ham takrorladi. Agar Ispaniya chempionati doirasidagi keyingi o‘yinda 18 yanvar kuni San-Sebastyanning "Real Sosyedad" jamoasi ustidan kataloniyaliklar yana g‘alaba qozonishsa, bu Flik davridagi yangi rekord bo‘ladi.













