Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya 1-1 Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona 1-1 Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

"Fenerbaxche" Lukmanni o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini to‘xtatmayapti

"Fenerbaxche" Lukmanni o‘z safiga qo‘shib olish harakatlarini to‘xtatmayapti

Baho:
+ | -

Italiyaning "Atalanta" klubi forvardi Ademola Lukmanni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan Turkiyaning "Fenerbaxche" klubi uni sotib olish sharti bilan ijaraga olishni taklif qildi. Bu haqda Hurriyet xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, taklif summasi 35 (5+30) million yevroni tashkil etadi. Italiya jamoasi bunga rad javobini berib, nigeriyalik hujumchini faqat to‘liq transfer narxi evaziga qo‘yib yuborishi mumkinligini ma’lum qildi.

Katta ehtimol bilan "Fenerbaxche" bu shartlarni qabul qiladi. Agar kelishuv imzolanadigan bo‘lsa, bu faqat 28 yanvardan keyin ro‘y beradi, bu esa "Atalanta"ning Chempionlar Ligasidagi ishtiroki bilan bog‘liq.

Lukman joriy mavsum 16 ta o‘yinda maydonga tushdi va 3 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Kiritildi: 22:00, 08.01.2026.
O'qildi: 541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик