Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Dekabr oyi yakunlariga ko‘ra A Seriyaning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Dekabr oyi yakunlariga ko‘ra A Seriyaning eng yaxshi murabbiyi aniqlandi

Baho:
+ | -

A Seriya matbuot xizmatining xabar berishicha, "Inter" ustozi Kristian Kivu dekabr oyi yakunlariga ko‘ra Italiya chempionatining eng yaxshi murabbiyi deb topildi.

O‘tgan oyda milanliklar A Seriya doirasida uchta o‘yin o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozondi. Ruminiyalik mutaxassis shogirdlari "Komo" (4:0), "Jenoa" (2:1) va "Atalanta"ni (1:0) mag‘lub etdi. Ayni paytda "Inter" 42 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. "Neradzurrilar" 2-o‘rindagi "Milan"ni 3 ochkoga ortda qoldirmoqda.

Kristian Kivu "Inter"ni 2025 yilning yozida qabul qilib oldi va ikki mavsumlik shartnoma imzoladi. Ruminiyalik murabbiy 2018 yildan 2024 yilgacha "Inter"ning turli yoshdagi jamoalarini boshqargan, 2025 yilning fevralidan iyunigacha esa "Parma"da ishlagan.

Kiritildi: 16:44, 09.01.2026.
O'qildi: 793 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик