Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/02 01:00 Olimpiakos 0-2 Bayer
19/02 01:00 Bryugge 3-3 Atletiko
19/02 01:00 Bude-Glimt 3-1 Inter

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Eron bilan o‘ynaydi. So‘nggi uchrashuvlarda qanday natijalar qayd etilgan?

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bugun Eron bilan o‘ynaydi. So‘nggi uchrashuvlarda qanday natijalar qayd etilgan?

Baho:
+ | -

O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi U-23 Osiyo kubogining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Eron terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Avvalgi o‘yinda qo‘lga kiritilgan g‘alaba hamda bugungi uchrashuvdagi 3 ochko jamoamizga muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal etish imkonini beradi.

Jamoamiz musobaqaning ilk turida Livan ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Ushbu natijadan so‘ng vakillarimiz 3 ochko bilan guruhda peshqadamlik qilmoqda. Guruhimizdagi yana bir uchrashuvda Livan va Koreya Respublikasi terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. Mazkur o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da start oladi.

Raqib haqida

Eron U-23 terma jamoasi bilan shu kunga qadar Osiyo kubogi doirasida ikki bor ro‘baro‘ kelingan. 2020 va 2022 yillarda bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarning har ikkisi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan. Ushbu bahslarda Islomjon Qobilov (2020) va Otabek Jo‘raqo‘ziyev (2022) O‘zbekiston terma jamoasi safida Eron darvozasini ishg‘ol qilgan.

Eron terma jamoasi musobaqada so‘nggi bor 2022 yilda ishtirok etgan. 2024 yilgi U-23 Osiyo kubogi saralash bahslarida eronliklar O‘zbekiston bilan bir guruhdan o‘rin olgan. O‘zaro uchrashuvda jamoamiz Abbosbek Fayzullayevning yagona goli evaziga g‘alabaga erishgan. Guruhda ikkinchi o‘rinni egallagan Eron yakunda final bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagan.

Musobaqa doirasidagi navbatdagi bahs arafasida O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov quyidagicha fikr bildirdi:

“Eron jamoasining Koreya Respublikasi bilan o‘yinini tahlil qilib chiqamiz. Albatta, har bir uchrashuvga strategik yondashib, ochkolar jamg‘arishda davom etishimiz kerak”.

O‘zbekiston va Eron o‘rtasidagi uchrashuv 10 yanvar kuni Saudiya Arabistonining Riyod shahrida joylashgan “Shahzoda Faysal Bin Fahd” stadionida, Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi. Jamoamiz mazkur bahsda mezbon sifatida ko‘k libosda maydonga tushadi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 16:05, 10.01.2026.
O'qildi: 1678 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.