Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Real» qo‘llab-quvvatlashi ham Vinisiusni jamoada olib qolishiga yetarli bo‘lmasligi mumkin

«Real» qo‘llab-quvvatlashi ham Vinisiusni jamoada olib qolishiga yetarli bo‘lmasligi mumkin

Baho:
+ | -

Vinisius Juniorning "Real"dagi kelajagi hamon savollar ostida qolmoqda. Klub rahbariyati braziliyalikni qo‘llab-quvvatlamoqda, murabbiy Alvaro Arbeloa ham yulduz hujumchiga umid qilmoqda, ammo futbolchining ketishi ehtimoli yuqori.

Marca xabariga ko‘ra, "Real"dagilar avvalgidek Vinisiusning maosh bo‘yicha talablarini oshib ketgan deb hisoblaydi. Bundan tashqari, futbolchining klub muxlislari bilan buzilgan munosabatlarini tiklash juda mushkul - muxlislarga uning xatti-harakatlari yoqmayapti.

Avvalroq turli manbalar Vinisius kelasi yozda sotilishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Transfermarkt portali 150 mln yevroga baholagan hujumchiga Yevropa grandlari va Saudiya Arabistoni chempionati vakillari qiziqish bildirmoqda.

Kiritildi: 14:14, 18.01.2026.
O'qildi: 1407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик