Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

A seriya. «Inter» «Piza»ni «xokkeycha» hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

A seriya. «Inter» «Piza»ni «xokkeycha» hisobda mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 22-turi doirasidagi ilk uchrashuvda «Inter» o‘z maydonida «Piza»ni qabul qildi. Bellashuv Milan shahridagi «San-Siro» stadionida bo‘lib o‘tdi. Mezbonlar o‘yin davomida 0:2 hisobida ortda qolib ketganiga qaramay, kambek amalga oshirib, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisobni 11-daqiqada «Piza» yarim himoyachisi Stefano Moreo ochdi. 23-daqiqada u dubl muallifiga aylandi.

39-daqiqada «Inter» xavbeki Pyotr Zelinski penaltini aniq ijro etib, hisobni qisqartirdi. Ikki daqiqa o‘tib, Lautaro Martines muvozanatni tikladi. 45+2-daqiqada Franchesko Espozito «Inter»ni oldinga olib chiqdi.

82-daqiqada Federiko Dimarko to‘rtinchi golni urdi, 86-daqiqada esa Anj-Yoan Bonni hisobni 5:2 ko‘rinishiga keltirdi. Qo‘shimcha daqiqalarda Genrix Mxitaryan gol urib, uchrashuvdagi yakuniy hisobni o‘rnatdi — 6:2.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Inter» 22 o‘yindan keyin 52 ochko to‘plab, turnir jadvalida birinchi o‘rinda qolmoqda. «Piza» esa 14 ochko bilan 20-o‘rinda joylashgan.

Keyingi turda «Inter» 1 fevral kuni «Kremoneze»ga qarshi maydonga tushadi, «Piza» esa bir kun oldin «Sassuolo» bilan kuch sinashadi.

Italiya A Seriyasi, 22-tur
23 yanvar 2026 yil, juma
Milan, «San-Siro» («Juzeppe Meassa»)
«Inter» — «Piza» — 6:2
Gollar: 0:1 — Moreo (11), 0:2 — Moreo (23), 1:2 — Zelinski (39, pen.), 2:2 — Martines (41), 3:2 — Espozito (45+2), 4:2 — Dimarko (82), 5:2 — Bonni (86), 6:2 — Mxitaryan (90+3)

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:54, 24.01.2026.
O'qildi: 1667 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик