Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm 0-1 Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum 0-1 Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Samuel Chukvueze: «Milan»ni yomon qo‘msayapman…»

Samuel Chukvueze: «Milan»ni yomon qo‘msayapman…»

Baho:
+ | -

Ayni payt «Fulxem»da ijara muddatini o‘tayotgan nigeriyalik qanot yarim himoyachisi Semuel Chukvueze tezroq asl klubi – «Milan»ga qaytmoqchi. Har holda, u Afrika kubogiga yo‘l olishdan oldin acmilanfan.ru sayti xodimlari bilan suhbat jarayonida «rossonerlar» lageridagi muhitni rosa qo‘msayotgani va imkon tug‘ilishi bilan Italiya chempionatiga qaytishni xohlashini yashirmadi.

– Angliyada o‘ynab, «Milan»ni ham kuzatyapsizmi?

– Oh, «Milan»ni yomon qo‘msayapman. Axir gap ikkinchi uyimga aylanib ulgurgan klub haqida ketmoqda. Oilam ham Milan hayotiga o‘rganib qolgandi. Qisqasi, Londonda meni sog‘inch azobi qiynamoqda. Milan yashash uchun ajoyib shahar, lekin futbolchining qismatida ko‘chib yurish bor. Mihimi, jamoa hozir juda yaxshi ketyapti, unga ayni sur’atni pasaytirmaslikni tilayman. Unutmang, hamon «Mi­lan»ga tegishli futbolchiman. Shunday ekan, klubga befarq qarashim mumkinmi?

– Sizningcha, «rossonerlar» joriy mavsum skudettoni yuta olishadimi?

– Jamoa juda tetik o‘ynamoqda. Agar futbolchilar o‘z ustilarida tinimsiz ishlashda davom etsalar, chempionlikka erishish imkoniyatlari o‘z-o‘zidan oshib boraveradi. Ishonchim komil, «Milan» hozirgi holatida bemalol kamida kuchli to‘rtlikka kiradi. Qolganini vaqt ko‘rsatadi. Ishoning, meni «rossonerlar» haqida o‘ylashga undaydigan sabablar juda ko‘p. Demoqchimanki, jamoaning ishlaridan sira ko‘z uzmayman.

– O‘tgan mavsum sizda aynan nima o‘xshamadi?

– Fikrimcha, «A» seriyada o‘zim xohlagan darajada vaqt va imkoniyat olganim yo‘q. Oqibatda o‘yinimda ritm yo‘qoldi. Lekin ko‘tarilish va pasayishlar futbol uchun oddiy holat. Asosiysi, har qanday holatda ham qattiq ishlashda davom etishingiz shart. Imkoniyat tug‘ilsa, «A» seriya­ga qaytishim mumkin. Ehtimol, yana La Ligaga o‘ynarman yoki APLda qolarman…? To‘g‘ri, ingliz futboli taktikasi o‘yin uslubimga ko‘proq mos keladi italyancha futbol falsafasiga nisbatan. Shunga qaramay, tezroq «Milan»ga qaytishni istardim.

– «Milan»ni kuzatayotgan ekansiz, Luka Modrich haqida nima deya olasiz?

– O‘tgan yoz jamoa ixtiyorida edim va Lukani men bilan birga shug‘ullangan eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida e’tirof etishim mumkin. Modrich chindan ham, ideal ijrochi. Misol uchun, to‘p oyog‘iga qachon tushishini soniya­sigacha biladi. Nihoyatda kuchli futbolchi, mana, qisqa vaqt­da «Milan» uslubini o‘zida mujassam eta oldi.

– Zlatan Ibragimovich shaxsiyatiga ham to‘xtalsangiz…

– Ibrani hamma birdek hurmat qiladi, ham futbol, ham mentalitet-xarakter nuqtai nazaridan. Zlatan bilan ko‘rishganingiz va gaplashganingizda, beixtiyor unga nisbatan hurmatingiz oshadi, gaplarini jimgina tinglaysiz. Chunki salobati bor. Zlatan qanday futbolchi bo‘lganini aytishga esa hojat yo‘q. Qisqasi, «Milan»da hamma Ibraning fikrini inobatga oladi, albatta. U futbolchilar bilan uchrashganida, hammada motivasiya oshishini ta’minlaydi qandaydir sehrli tarzda.

M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: Интерфутбол газетаси
Kiritildi: 23:50, 27.01.2026.
O'qildi: 1146 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик