Kirish Ro'yxatdan o'tish

Yevropa ligasida eng yaxshi to‘purar kim?

Yevropa ligasida eng yaxshi to‘purar kim?

Baho:
+ | -

Yevropa ligasining 2025/2026 yilgi mavsumi umumiy bosqich o‘yinlari yakunlandi. Uning natijalariga ko‘ra, eng ko‘p gol urgan futbolchi «Ludogores» jamoasining serbiyalik yarim himoyachisi Petar Stanich bo‘ldi. U sakkizta uchrashuvda 7 ta gol urdi (shulardan uchtasi penaltidan) va to‘purarlar poygasida birinchi o‘rinni egalladi.

6 tadan gol bilan Portugaliyaning «Braga» klubi hujumchisi Rodrigo Salasar hamda «Nottingem Forest» forvardi Igor Jezus ikkinchi natijani qayd etdi.

Yevropa ligasi pley-off bosqichiga chiqish uchun o‘tish o‘yinlari qur’asi 30 yanvar kuni Nyondagi Yevropa futboli uyida bo‘lib o‘tadi. Turnir finali esa Istanbuldagi «Beshiktosh» stadionida tashkil etiladi. Hal qiluvchi o‘yin 2026 yil 20 may kuni o‘tkaziladi.

Kiritildi: 12:28, 30.01.2026.
O'qildi: 502 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик