Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol

Million dollarlik bog‘ichlar yoxud marketing shedevri!

Million dollarlik bog‘ichlar yoxud marketing shedevri!

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

​1970 yilgi Jahon chempionati tarixida nafaqat gollar, balki sport marketingini butunlay o‘zgartirib yuborgan bir voqea sodir bo‘lgan.

Voqea qanday bo‘lgan edi?
O‘shanda Puma kompaniyasi afsonaviy Pele bilan 1 million dollarlik maxsus shartnoma imzolaydi. Lekin shart juda oddiy va g‘alati edi.

​Reja:
Pele o‘yin boshlanishidan oldin, hakam hushtagi chalinishi arafasida to‘xtashi va sekinlik bilan butsalarining bog‘ichini bog‘lashi kerak edi.

Natija:
Butun dunyo nigohi maydon markazidagi qirolga qaratilgan bir paytda, stadiondagi barcha operatorlar Pelening bog‘ich bog‘lashini yaqin planda ko‘rsatishadi. Milliardlab odamlar ekranda Puma logotipini ko‘rishadi.

Bu nimaga olib keldi?
​Bu lahza futbol tarixidagi eng kuchli tijoriy yurishga aylandi.
​Puma kompaniyasining savdosi o‘sha yili 300% ga o‘sdi va brend uchun rekord natijani qayd etdi.

​Nemis brendining bu ayyorligi haligacha marketing darsliklarida eslab o‘tiladi.

 

Kiritildi: 15:49, 31.01.2026.
O'qildi: 1337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик