Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Shomurodov va Fayzullayevning “Rizespor”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Shomurodov va Fayzullayevning “Rizespor”ga qarshi o‘yini qanday baholandi?

Baho:
+ | -

“Bashakshehir” safida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar — Eldor Shomurodov hamda Abbosbek Fayzullayev Turkiya Superligasining 20-turi doirasida “Rizespor”ga qarshi bahsda maydonga tushdi (2:2). Shomurodov uchrashuvni to‘liq o‘tkazgan bo‘lsa, Fayzullayev 63-daqiqada zaxiraga olindi.

Sofascore portali “Bashakshehir”ning birinchi goliga mualliflik qilgan Eldor Shomurodovning harakatlarini 7,3 ball bilan baholadi. Abbosbek Fayzullayev esa 6,7 ballga loyiq ko‘rildi.

Shomurodov o‘yin davomida 36 marta to‘pga tegindi. U jami 25 ta uzatma amalga oshirgan bo‘lib, shulardan 18 tasi aniq manzilga yetib bordi (72 foiz). Shuningdek, Eldor “Rizespor” darvozasiga bir marta aniq zarba yo‘lladi. Uning kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichi 0,56ni tashkil etdi.

Abbosbek Fayzullayev uchrashuv davomida 33 marta to‘pga tegindi. U 63 daqiqa ichida 18 ta uzatma amalga oshirib, ularning 16 tasi aniq manzilga yetib bordi (89 foiz). Fayzullayev ikki marta zarba yo‘lladi, ulardan bittasi darvozaga aniq yetib bordi. Shuningdek, u maydonda 8 marta to‘p uchun kurash olib borib, 4 holatda g‘alaba qozondi. Unga nisbatan raqib futbolchilar ikki marta qoida buzdi.

73-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, “Bashakshehir”ning ikkinchi goliga golli uzatma bergan Yakub Kalizinski uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Sofascore polshalik futbolchining harakatlarini 7,9 ball bilan baholadi. Ikkinchi gol muallifi Bergyut Ozgyur esa 7,4 ballga loyiq ko‘rildi.

Ma’lumot uchun, ayni paytda “Bashakshehir” Turkiya chempionatining 20-turidan so‘ng 30 ochko bilan turnir jadvalida 6-o‘rinni egallab turibdi. “Rizespor” esa 20 ochko bilan 11-o‘rindan joy olgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 21:57, 31.01.2026.
O'qildi: 3029 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.