Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

«Neftchi» va «Beshiktosh» klublari o‘rtasida memorandum imzolandi

«Neftchi» va «Beshiktosh» klublari o‘rtasida memorandum imzolandi

Baho:
+ | -

«Neftchi» klubi bosh direktori Mansurbek Toshmatov boshchiligidagi delegasiya Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib turibdi. Ushbu tashrif doirasida Turkiyaning nomdor klublaridan biri — «Beshiktosh» futbol klubi bilan hamkorlik qilish bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi hamda «Neftchi» akademiyasi va «Beshiktosh» klubi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Uchrashuv davomida tomonlar kelgusida hamkorlikni izchil rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda yosh futbolchilar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qilib, muhim kelishuvlarga erishdilar.

Imzolangan memorandum doirasida har ikki klub akademiyalarini rivojlantirish yo‘lida tajriba almashish, murabbiylar va mutaxassislar uchun o‘quv-seminarlar tashkil etish, iqtidorli yosh futbolchilar bilan ishlash tizimini zamonaviy talablarga moslashtirish kabi yo‘nalishlar belgilab olindi.

Shuningdek, kelgusida «Beshiktosh» klubi mutaxassislarining Farg‘ona shahridagi «Neftchi» futbol akademiyasiga tashrif buyurishi, ularning ishtirokida amaliy mashg‘ulotlar va seminarlar o‘tkazilishi bo‘yicha ham kelishuvga erishildi.

Uchrashuv davomida «Neftchi» klubi bosh direktori Mansurbek Toshmatov «Beshiktosh» klubi prezidenti Serdal Adalini «Neftchi» akademiyasining ochilish marosimida ishtirok etishga taklif qildi. Shuningdek, «Beshiktosh» klubi delegasiyasining Farg‘ona shahriga rasmiy tashrifi bo‘yicha ham tomonlar o‘zaro kelishib oldilar.

Mazkur hamkorlik «Neftchi» akademiyasi tarbiyalanuvchilari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochib berishi, yosh futbolchilarning xalqaro tajriba orttirishi va kelajakda yuqori saviyada shakllanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

«Neftchi» PFK matbuot xizmati

Manba: https://t.me/pfcneftchi_uz
Kiritildi: 09:28, 02.02.2026.
O'qildi: 1061 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.