Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese 1-4 Fiorentina
17/03 01:00 Brentford 2-2 Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Levante
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 - Navbahor
18/03 19:15 Xorazm - Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum - OKMK

«Ular Osiyodagi «Real»ga o‘xshaydi». Benzema «Al-Hilol»ga o‘tgandan keyin fikr bildirdi

«Ular Osiyodagi «Real»ga o‘xshaydi». Benzema «Al-Hilol»ga o‘tgandan keyin fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Hujumchi Karim Benzema «Al-Ittihod»dan «Al-Hilol»ga o‘tgandan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib, yangi jamoasini Madridning «Real»i bilan qiyosladi.

«Bu boy tarixga ega, ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan yaxshi jamoa. Ular Osiyodagi “Real Madrid”ga o‘xshaydi. Hammasi joyida, muxlislar ajoyib, jamoa juda yaxshi o‘ynaydi, tarkibda to‘g‘ri ruhiyatga ega sifatli futbolchilar bor.

Bu jamoa menga avval ham yoqardi. “Real Madrid” safida o‘ynagan paytimda ularga qarshi maydonga tushganman va o‘sha o‘yin oson kechmagan. Bu yaxshi uchrashuv edi va menda yoqimli xotiralar qolgan. Bugun esa baxtiyorman, chunki “Al-Hilol” safida o‘ynayapman», — deya Benzemaning so‘zlarini keltiradi uning yangi klubi rasmiy sayti.

Benzema 2023 yil yozidan beri Saudiya Arabistoni chempionatida to‘p surib kelmoqda, u Madridning «Real» klubidan «Al-Ittihod»ga o‘tgan edi. Ispaniya klubi safida fransiyalik futbolchi Chempionlar ligasini besh marta qo‘lga kiritgan, shuningdek, «Oltin to‘p» sohibi bo‘lgan. Joriy mavsumda u barcha musobaqalarda klub uchun o‘tkazilgan 21 ta uchrashuvda 16 ta gol muallifi bo‘lgan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 20:34, 04.02.2026.
O'qildi: 1461 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.