Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Real" yozgi asosiy transfer maqsadini belgilab oldi

"Real" yozgi asosiy transfer maqsadini belgilab oldi

Baho:
+ | -

"PSJ" yarimhimoyachisi Vitinyaga "Real" jiddiy qiziqish bildirishda davom etmoqda.

Jurnalist Xose Feliks Diasning yozishicha, portugaliyalik yozgi transfer oynasida Madrid klubining asosiy nishoniga aylangan. "Qaymoqranglilar" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun bor kuchini ishga soladi.

Vitinya "PSJ"ga 2022 yilda "Portu"dan 41 million yevro evaziga o‘tgandi. Uning shartnomasi 2029 yilning 30 iyuniga qadar imzolangan.

Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi Parij klubi safida barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt portali Vitinyani 110 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 15:35, 08.02.2026.
O'qildi: 1240 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик