Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

Keyn: «Mavsum endi haqiqatdan ham boshlanadi»

Keyn: «Mavsum endi haqiqatdan ham boshlanadi»

Baho:
+ | -

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Xarri Keyn jamoaning yaqin kelajagi borasida o‘z fikrlarini bildirdi. Myunxenliklar ayni damda 3 ta turnirda g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.

«Biz mavsumning hal qiluvchi pallasiga kirib borayotganimizni bilamiz. Ikkinchi o‘rindagi jamoadan yaxshigina farq bilan oldindamiz, ammo o‘tgan hafta ko‘rganimizdek, bu farq tezda qisqarishi mumkin», — deya Keynning so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.

«Mavsum boshidanoq asosiy e’tiborni fevral-mart oylarigacha tarkibda jarohatlarsiz, yuqori pog‘onalarda yetib kelishga qaratgan edik. Biz hamon turnir jadvalida peshqadammiz, Germaniya Kubogi uchun kurashyapmiz va Chempionlar Ligasining chorak finaliga yo‘l oldik. Bu biz uchun ijobiy holat. Endi mavsum haqiqatdan ham boshlanadi. Biz qattiq ishlashda davom etishimiz va bizni kim quvib yeta olishini ko‘rishimiz kerak», — dedi Keyn.

«Bavariya» hisobida 54 ochko mavjud. Dortmundning «Borussiya» klubida 48 ochko bor. Keyn 24 ta gol bilan Bundesliga to‘purarlar poygasida yetakchilik qilmoqda.

Kiritildi: 22:57, 09.02.2026.
O'qildi: 749 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.