Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/03 00:30 Aston Villa 1-4 Chelsi
05/03 00:30 Fulhem 0-1 Vest Xem
05/03 00:30 Brayton 0-1 Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti 2-2 Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl 2-1 Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor 0-1 Buxoro
05/03 19:15 Mash’al 0-2 Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon 0-3 Neftchi
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor - Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona - Nasaf
06/03 19:30 Xorazm - OKMK
07/03 00:45 Napoli - Torino
07/03 01:00 Selta - Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad

Vadim Abramov «Zenit»ga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Vadim Abramov «Zenit»ga qarshi o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi

Baho:
+ | -

«Zenit» - «Dinamo» (1:0) o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvidan keyin «Dinamo» bosh murabbiy Vadim Abramov klub matbuot xizmatiga intervyu berib, Rossiyaning 10 karra chempioniga qarshi bahs taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Dinamo» 1-bo‘limda tengkurash namoyish etgan bo‘lsa, 2-bo‘limda o‘yinda raqibidan ustunlik qildi, ammo vaziyatlardan foydalana olmadi.

«Zenit» bilan o‘yin – yaxshi sparring bo‘ldi. Yutqazganimizga faqat o‘zimiz aybdormiz. O‘yindagi hakamlik biroz ranjitdi. Gap kimgadir yordam berishda emas, u ikki jamoaga ham o‘ynashga imkon bermadi. Yaxshiyamki, hammasi mushtlashuvgacha yetib bormadi. Umuman olganda esa o‘zimizning kuchli jihatlarimiz va kamchiliklarimizni bilib oldik. Birinchi bo‘limdagi vaziyatlarimizdan unumli foydalanganimizda hisob boshqacha bo‘lardi. Albatta, «Zenit»ning nomi ham futbolchilarga biroz ta’sir qildi.

Umuman olganda birinchi bo‘limdagi o‘yindan qoniqdim, ikkinchi bo‘limda esa ko‘plab yoshlarga imkon berdik. Xulosalar qilamiz va ishlashda davom etamiz.

Pozisiyalar bo‘yicha yigitlarga e’tirozim? Yo‘q, umuman olganda hammasi joyida. Bitta o‘yin hech narsani o‘zgartirmaydi. O‘yindan qoniqdim, kamchiliklar mana shunday kuchli raqiblarga qarshi bahsda ko‘rinadi, bu biz uchun xulosa. Mana shunday o‘yinlar orqali 28 fevral kungi 1-tur o‘yini uchun asosiy tarkibimizni aniqlab boramiz», - dedi Vadim Karlenovich «Zenit» bilan uchrashuvdan keyin.

Kiritildi: 08:09, 10.02.2026.
O'qildi: 2216 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.