Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/06 03:00 Shotlandiya 0-1 Marokash
20/06 05:30 Braziliya 3-0 Gaiti
20/06 08:00 Turkiya 0-1 Paragvay
20/06 22:00 Niderlandiya 5-1 Shvesiya
21/06 01:00 Germaniya 2-1 Kot-d'Ivuar
21/06 05:00 Ekvador 0-0 Kyurasao
21/06 09:00 Tunis 0-4 Yaponiya
21/06 21:00 Ispaniya - Saudiya Arabistoni
21/06 23:59 Belgiya - Eron
22/06 03:00 Urugvay - Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya - Misr
22/06 22:00 Argentina - Avstriya

Alvares 12 o‘yin deganda o‘zining ilk golini kiritdi

Alvares 12 o‘yin deganda o‘zining ilk golini kiritdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Ispaniya Kubogi yarim finali doirasidagi «Barselona»ga qarshi o‘yinda o‘zining golsiz o‘yinlar seriyasiga chek qo‘ydi.

Argentinalik futbolchi «ko‘k-anorranglilar» uchun dahshatli kechgan birinchi bo‘lim yakunida gol urib, «matraschilar» foydasiga 4:0 hisobini o‘rnatdi. 26 yoshli futbolchi uchun bu ikki oydan ortiq vaqt ichida kiritilgan ilk gol bo‘ldi — u bundan oldingi 11 ta uchrashuvda biror marta ham raqiblar darvozasini ishg‘ol qila olmagandi. Ichki turnirlarda esa hujumchi 1 noyabrdan beri gol urmayotgan edi.

Avvalroq Kataloniya grandi darvozasini Antuan Grizmann va Ademola Lukman ishg‘ol qilishgandi. Hammasi esa himoyachi Erik Garsiyaning kutilmagan golidan boshlandi — uning xavfsiz ko‘ringan uzatmasini darvozabon Joan Garsiya qabul qila olmadi.

Kiritildi: 02:02, 13.02.2026.
O'qildi: 918 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик