Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

Meyveyzer va Pakyao o‘rtasidagi “asr jangi” manzili va sanasi ma’lum bo‘ldi

Meyveyzer va Pakyao o‘rtasidagi “asr jangi” manzili va sanasi ma’lum bo‘ldi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boks bo‘yicha sobiq Jahon chempionlari, filippinlik Menni Pakyao va amerikalik Floyd Meyveyzer 2026 yilning 19 sentyabr kuni o‘zaro jang o‘tkazadi. Bu haqda jang translyasiyasini amalga oshiruvchi Netflix kompaniyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ikki bokschi o‘rtasidagi revansh jangi ham AQSHning Las Vegas shahrida bo‘lib o‘tadi. 47 yoshli Pakyaoning hisobida 62 g‘alaba (39 tasi nokaut), 8 mag‘lubiyat va 3 durang bor. U boks tarixida sakkiz vazn toifasida Jahon chempioni bo‘lgan yagona charm qo‘lqop ustasi hisoblanadi. Pakyao uzoq yillik faoliyati davomida vazn toifasidan qat’i nazar eng yaxshi bokschi darajasiga ko‘tarilgan va doimiy ravishda tarixdagi eng yaxshi bokschilar reytinglariga kiritilgan.

Meyveyzer esa 48 yoshda, uning hisobida professional boksda 50 ta g‘alaba (27 tasi nokaut bilan) bor va umuman mag‘lubiyatga uchramagan. U beshta vazn toifasida Jahon chempioni va 1996 yilgi Olimpiada o‘yinlarining bronza medali sovrindori bo‘lgan. Meyveyzer promouterlik kompaniyasi egasi bo‘lib, uning mijozlari orasida bokschilar va aralash yakkakurash jangchilari bor. U 2017 yildan beri professional jang o‘tkazmagan edi.

Ma’lumot uchun, Pakyao va Meyveyzer 2015 yil 2 may kuni o‘zaro jang o‘tkazgan. O‘shanda hakamlar qarori bilan amerikalik bokschi g‘alaba qozongan edi. Ushbu natija tufayli u yarim o‘rta vazn toifasida Butunjahon boks kengashi (WBC), Butunjahon boks assosiasiyasi (WBA) va Butunjahon boks tashkiloti (WBO) talqinlari bo‘yicha Jahon chempionlik kamarlarini birlashtirgan edi.

Shuningdek, Floyd Meyveyzer hamda Menni Pakyao o‘rtasidagi to‘qnashuv tarixdagi eng qimmat va eng ko‘p daromad keltirgan boks jangi hisoblanadi. “Asr jangi” deya nom olgan ushbu bahs jami 600 million dollardan ortiq daromad keltirgan. Bu ko‘rsatkich o‘z ichiga rekord darajadagi – 72 million dollarlik chiptalar sotuvi va 4,6 millionta pullik translyasiya (pay-per-view) ko‘rsatkichlarini oladi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu bahsda Meyveyzer 200–250 million dollardan ortiq, Pakyao esa 100 million dollardan ortiq gonorarga ega bo‘lgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:54, 24.02.2026.
O'qildi: 1815 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик