Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Tottenxem" Vikarioni "Inter"ga qanchaga sotishi mumkinligi aytildi

"Tottenxem" Vikarioni "Inter"ga qanchaga sotishi mumkinligi aytildi

Baho:
+ | -

Angliyaning "Tottenxem" klubi 29 yoshli italiyalik darvozabon Gulyelmo Vikarioning sotuvi uchun 25 mln yevro talab qiladi. Bu haqda "L’Interista" nashri yozmoqda.

Darvozabon uchun asosiy da’vogar — "Inter". Milan klubida Vikario 37 yoshli Yan Zommerning o‘rnini bosa oladi deb hisoblashmoqda.

Gulyelmo Vikario 2023 yilda "Empoli"dan "Tottenxem"ga o‘tgan edi. Ushbu mavsumda u klub safida 36 ta o‘yin o‘tkazib, ularning 13 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Kiritildi: 12:28, 24.02.2026.
O'qildi: 522 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик