Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/04 00:00 Atletiko 1-2 Barselona
05/04 17:00 Xetafe 2-0 Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese 1-2 Bolonya
05/04 19:15 Valensiya 2-3 Selta
05/04 21:00 Piza 0-1 Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo 1-0 Sevilya
05/04 23:45 Inter 5-2 Roma
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus - Jenoa
06/04 23:45 Napoli - Milan
07/04 00:00 Jirona - Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor

Nima uchun «Inter» YECHLni tark etdi? Kivu jamoasining muvaffaqiyatsizligi sabablarini aytdi

Nima uchun «Inter» YECHLni tark etdi? Kivu jamoasining muvaffaqiyatsizligi sabablarini aytdi

Baho:
+ | -

«Inter» bosh murabbiyi Kristian Kivu Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvida «Budyo-Glimt»dan uchralgan mag‘lubiyat (1:2) haqida fikr bildirdi. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra «neradzurrilar» 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib, turnirni tark etishdi.

«Biz yaxshi shakllangan jamoaga qarshi bor kuchimiz bilan harakat qildik. Hisobni ocha olmaganimiz sababli, ularga ruhiy jihatdan ancha oson bo‘ldi. Yigitlarga e’tirozim yo‘q — ular borini berib o‘ynashdi. Musobaqada yo‘limizni davom ettirmoqchi edik, shu bois juda xafamiz. Endi faqat raqibni tabriklash qoldi, xolos. Natija ham, turnirdan chiqib ketganimiz ham dilni xira qiladi. Ehtimol, birinchi bo‘lib gol urganimizda, ularni qiyin ahvolga solib qo‘ygan bo‘lardik. «Budyo» himoyada mustahkam turib, o‘yin tizginini nazorat qildi. Ikkinchi bo‘limda esa kuchimiz yetmadi va ikkita gol o‘tkazib yubordik», — deya Kivuning so‘zlarini keltiradi UEFA matbuot xizmati.

Norvegiya klubi o‘z tarixida ilk bor 1/8 final bosqichiga yo‘l oldi. U yerda jamoa «Manchester Siti» yoki Lissabonning «Sporting» klublaridan biri bilan to‘qnash kelishi mumkin.

Kiritildi: 12:28, 25.02.2026.
O'qildi: 468 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик