Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 7-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya 4-1 Atalanta
19/03 01:00 Liverpul 4-0 Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem 3-2 Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

Proliga formati: 5-o‘rin egasi ham Superligaga chiqish uchun imkoniyatga ega bo‘ladi

Proliga formati: 5-o‘rin egasi ham Superligaga chiqish uchun imkoniyatga ega bo‘ladi

Baho:
+ | -

Proliga musobaqasi formati ko‘pchilik uchun qiziq. Avvalroq unda 14 ta klub ishtirok etib, ularning har biri ikki davra davomida 26 tadan o‘yinda maydonga tushishi ma’lum qilingandi.

“Proliga reglamenti”ga ko‘ra, musobaqa g‘olibi Superligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritadi. Qolgan yarimta o‘rin uchun esa yakunda 4 ta klub kurash olib borishi belgilab qo‘yilgan. Ya’ni, musobaqa yakuniga yetgach, 2, 3, 4, 5-o‘rin egalari pley-off bosqichi doirasida maydonga tushadi. Bu o‘z o‘zidan 5-yo‘llanma uchun ham kurash kechishini bildiradi. Boisi, mavsumni 5-o‘rinda yakunlagan klubda ham nazariy jihatdan Superligaga yo‘l olish imkoniyati saqlab qolinadi.

Mavsumning so‘nggi — 26-tur o‘yinlari 7-8 noyabr kunlariga to‘g‘ri keladi. 9-17 noyabr sanalari FIFA kunlari sifatida belgilab qo‘yilgan. Shundan kelib chiqib, pley-off bosqichining birinchisi 24-25 noyabr kunlari o‘tkaziladi. So‘nggi uchrashuv esa 5 dekabrga to‘g‘ri keladi. Qayd etish kerak, 12 dekabr sanasida Superligaga o‘tish o‘yini o‘tkaziladi.

Pley-off bosqichida mavsumni nisbatan yuqoriroq o‘rinda yakunlagan klubning imkoniyatlari biroz yaxshiroq bo‘ladi. Ya’ni, Proliganing ikkinchi jamoasi bitta o‘yindan iborat pley-offning ilk bosqichida 5-o‘rindan joy olgan klubni o‘z maydonida qabul qiladi. Musobaqani 3-o‘rinda tugatgan klub esa o‘z uyida Proliganing to‘rtinchi klubi bilan bellashadi. Har ikki o‘yin g‘oliblari Superliga o‘tish o‘yinida o‘ynash imkonini beruvchi yo‘llanma uchun o‘zaro kurashadi. Hal qiluvchi bellashuv ham mavsumni nisbatan yuqoriroq o‘rinda yakunlagan klub maydonida bo‘lib o‘tadi.   

Proliga va Birinchi liga o‘rtasidagi holat sport emas, hozircha lisenziyalash prinsipiga ko‘ra tartibga solinadi. Ya’ni, mavsum davomida Proliga talablarini ehtimoliy bajara olmaydigan klub egallagan o‘rniga qaramay, musobaqa bilan xayrlashadi. Birinchi liga ishtirokchilari orasidan ham Proliganing yangi a’zosi xuddi shu ko‘rinishda saralab olinadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 14:39, 26.02.2026.
O'qildi: 1006 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.