Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina - Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad

Fernando Lyorente Kellining chetlatilishi haqida: "Bu kartochka emas, hatto sariq ham emas"

Fernando Lyorente Kellining chetlatilishi haqida: "Bu kartochka emas, hatto sariq ham emas"

Baho:
+ | -

"Yuventus"ning sobiq hujumchisi Fernando Lyorente Chempionlar ligasi doirasidagi "Galatasaroy"ga qarshi o‘yinda (3:2) Lloyd Kellining chetlatilishi haqida fikr bildirdi.

O‘yinning 49-daqiqasida turinliklar himoyachisi Kelli havodagi to‘p uchun kurashda muvozanatini yo‘qotib, yarim himoyachi Barish Yilmazning oyog‘ining orqa qismini butsasining tishlari bilan bosib oldi. Hakam Joau Pedru Pinyeyru ingliz futbolchisiga ikkinchi sariq kartochkani ko‘rsatib, uni maydondan chetlatdi. Biroq VAR hakami Pinyeyruni takroriy lavhani ko‘rishga taklif qildi va shundan so‘ng portugaliyalik hakam Kelliga to‘g‘ridan-to‘gori qizil kartochka ko‘rsatdi.

"Biz futboldagi texnologiyalar ustida ishlashimiz kerak. Hakam bu o‘yinda jazo tayinlash haqida qaror qabul qildi. Ishonchim komilki, hayotida hech bo‘lmasa bir marta futbol o‘ynagan inson bu harakatda qoidabuzarlik ko‘rmagan bo‘lardi. Kelli to‘pga qarab sakramoqda, bu kartochka emas, hatto sariq ham emas", — dedi Lyorente Amazon Prime efirida.

Kiritildi: 16:06, 26.02.2026.
O'qildi: 979 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик