Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/04 00:00 Vilyarreal 2-1 Selta
27/04 19:00 Mash’al 0-1 Buxoro
27/04 19:00 OKMK 2-1 Lokomotiv
27/04 21:30 Kalyari 3-2 Atalanta
27/04 23:45 Lasio 3-3 Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted 2-1 Brentford
28/04 00:00 Espanyol 0-0 Levante
28/04 19:00 Andijon 2-1 Dinamo
28/04 19:00 So‘g‘diyona 5-2 Surxon
28/04 20:00 Paxtakor 2-2 Nasaf
28/04 23:59 PSJ - Bavariya
29/04 19:00 Qizilqum - Xorazm
29/04 19:00 Neftchi - Qo‘qon-1912
29/04 20:00 Bunyodkor - Navbahor
29/04 23:59 Atletiko - Arsenal

Pakyao Meyvezer bilan revansh bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi

Pakyao Meyvezer bilan revansh bo‘yicha muzokaralar tafsilotlarini ochiqladi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Filippinlik bokschi Menni Pakyao Floyd Meyvezer bilan revansh jangi bo‘yicha muzokaralar anchadan beri olib borilgani, biroq amerikalik bokschi jangning ko‘rgazmali xarakterda bo‘lishini talab qilganini aytdi. Aynan shu omil uzoq vaqt davomida tomonlarning kelishuvga erishishiga to‘sqinlik qilgan.

"Bungacha u ko‘rgazmali jang o‘tkazishni xohlagan edi, lekin men rozi bo‘lmadim. Men hozirgidek haqiqiy jangni istagandim.

Ushbu to‘qnashuvdan juda hayajondaman. Shunday bo‘ldiki, men hali ham faolman, u esa faoliyatini tiklab, buni yana bir bor amalga oshirishga qaror qildi. Men 2015 yildagi o‘sha jang (birinchi to‘qnashuv)dan ko‘p narsani o‘rgandim. O‘ylaymanki, hozir biz donoroqmiz va bu jangga qanday yondashishni tushunamiz. Umid qilamanki, bu safar hech qanday bahonalarga o‘rin qolmaydi. Ayniqsa, mening jismoniy holatim borasida. Men jangga tayyorman", — dedi Pakyao ESPN telekanalining Sports Center ko‘rsatuvi efirida.

Pakyao 11 yil avvalgi mag‘lubiyatini yelkasidagi jarohat va raqibining ochiq jangga kirishni istamagani bilan izohlagan edi. Endi oradan 11 yil o‘tib, 47 yoshli filippinik va 49 yoshli amerikalik bokschilar ringda yana to‘qnash kelishadi. Ularning hisobida jami 112 ta g‘alaba mavjud.

Kiritildi: 17:45, 26.02.2026.
O'qildi: 674 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик