Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Neymar Tyago Mendesning tahdidlariga javob qaytardi

Neymar Tyago Mendesning tahdidlariga javob qaytardi

Baho:
+ | -

«Santos»ning braziliyalik hujumchisi Neymar Braziliya chempionati 4-turidan o‘rin olgan «Vasko da Gama»ga (2:1) qarshi o‘yinda vatandoshi Tyago Mendes bilan sodir bo‘lgan mojaro haqida gapirib berdi.

«U doim janjal chiqarishga harakat qiladi. Bir safar u meni «Pari Sen-Jermen»da o‘ynab yurgan vaqtimda jarohatlagan edi, bugun esa buni yana takrorlashni va’da qildi. Ko‘ramiz, meni yana bir bor mayib qilishga uning jasorati yetarmikan», — deya Neymarning so‘zlarini keltirmoqda «Liberta Depte» o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Qayd etish joizki, «Vasko da Gama» bilan o‘yinda Neymar dubl qayd etib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Neymar 2025 yildan beri «Santos» sharafini himoya qilib kelmoqda. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2026 yilning dekabriga qadar mo‘ljallangan.

Неймар ва Тьяго Мендес ўртасидаги энг машҳур тўқнашув 2020 йилда Франция чемпионатида («ПСЖ» – «Лион») юз берган. Ўшанда Мендеснинг қўполлиги сабабли Неймар жиддий жароҳат олиб, майдонни замбилда тарк этган эди. Кўриниб турибдики, орадан йиллар ўтса-да, икки футболчи ўртасидаги муносабатлар илиқлашмаган.

Kiritildi: 05:45, 27.02.2026.
O'qildi: 1367 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик