Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

Flik de Yongning jarohatiga munosabat bildirdi

Flik de Yongning jarohatiga munosabat bildirdi

Baho:
+ | -

"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong jarohat olib, kamida aprel oyigacha safdan chiqdi. Kataloniya klubi niderlandiyalik futbolchining tiklanishi uchun taxminan besh-olti hafta vaqt kerakligini ma’lum qildi. "Ko‘k-anorranglilar" bosh murabbiyi Xansi Flik de Yongning yo‘qotilishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Futbolchi, ayniqsa Frenki kabi yuqori saviyadagi o‘yinchi maydonga tusha olmasligi biz uchun yoqimsiz holat. Bu qiyin vaziyat, ammo shu bilan birga, boshqa futbolchilar uchun o‘zlarini ko‘rsatishga imkoniyat beradi", — dedi Flik juma kungi matbuot anjumanida.

Qishning so‘nggi oqshomida "Barselona" Ispaniya chempionati doirasida "Vilyarreal"ga qarshi o‘z uyida bahs olib boradi. "Kamp Nou" stadionidagi o‘yin 28 fevral kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.

Kiritildi: 17:43, 27.02.2026.
O'qildi: 1304 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик