Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/07 20:00 Qizilqum 1-2 Dinamo
18/07 20:00 Andijon 1-2 Surxon
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya - Argentina

Angliyada vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha kim birinchi? Yangi reyting e’lon qilindi

Angliyada vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha kim birinchi? Yangi reyting e’lon qilindi

Baho:
+ | -

Mashhur "WhoScored" statistik portali Angliya Premyer-ligasining joriy mavsumida golli vaziyatlardan foydalanish bo‘yicha eng yaxshi ko‘rsatkichga ega futbolchilar reytingini taqdim etdi.

Birinchi o‘rinni "Brentford" hujumchisi Igor Tyago egallab turibdi — uning zarbalarining 27 foizi gol bilan yakunlangan. Ikkinchi pog‘onada "Arsenal" a’zosi Viktor Dyokeresh (24%) qayd etilgan. Kuchli uchlikni chempionat to‘purari, "Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland va "Chelsi" vakili Joao Pedro yakunlab berishgan (har ikkisida 23%).

Beshinchi o‘rin yanvarda "Bornmut"dan "Manchester Siti"ga o‘tgan Antuan Semenyoga (21%) tegishli. Ta’kidlash joizki, ushbu ro‘yxatga faqat mavsum davomida darvoza tomon kamida 40 marta zarba yo‘llagan futbolchilar kiritilgan.

Kiritildi: 12:07, 28.02.2026.
O'qildi: 741 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик