Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Keyingi 5 yilda 5 ta YECHL kubogi": Mark Siriya "Barselona" uchun super-loyiha tayyorlamoqda

"Keyingi 5 yilda 5 ta YECHL kubogi": Mark Siriya "Barselona" uchun super-loyiha tayyorlamoqda

Baho:
+1 | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Barselona» prezidentligiga nomzod Mark Siriya klub uchun ishlab chiqilgan ulkan va ambisiyali rejalari bilan o‘rtoqlashdi.

«Biz katta yulduzlarni jamoaga jalb qilish uchun iqtisodiy jihatdan barqaror va hayotiy loyihani taklif qilmoqchimiz. Bizning asosiy maqsadimiz va orzumiz — «La Masiya» tarbiyalanuvchilari hamda jahon darajasidagi yulduzlar ishtirokiga asoslangan model yordamida keyingi 5 ta Chempionlar ligasi bahslarida g‘alaba qozonish», — dedi kataloniyaliklar tarbiyalanuvchisi hisoblangan Siriya o‘z saylovoldi kampaniyasi taqdimotida.

Eslatib o‘tamiz, «Barselona»da navbatdagi prezidentlik saylovlari 2026 yilning martiga belgilangan. Mark Siriya amaldagi prezident Joan Laportaning asosiy raqobatchilaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Uning iqtisodiy rejasi klubning qarzlarini kamaytirish va transfer bozorida yana «qirol»ga aylanishni ko‘zda tutadi.

Kiritildi: 15:49, 28.02.2026.
O'qildi: 1637 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик