Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/07 23:59 Fransiya 0-2 Ispaniya
15/07 23:59 Angliya - Argentina

Dimarko: "Maqsad tobora yaqinlashmoqda"

Dimarko: "Maqsad tobora yaqinlashmoqda"

Baho:
+ | -

Milanning "Inter" klubi Italiya chempionatida o‘z raqiblariga imkoniyat qoldirmayapti va har bir g‘alaba bilan ochkolar orasidagi farqni kattalashtirishda davom etmoqda. Bu gal "Djenoa" jamoasi mag‘lub etildi — 2:0. Federiko Dimarko ushbu o‘yinda shaxsan gol ura olmagan bo‘lsa-da, jamoaning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shdi.

"Mag‘lubiyatdan keyin har doim g‘alabaga erishish oson bo‘lmaydi, lekin bizning jamoamiz bunga qodirligini bir necha yillardan beri isbotlab kelmoqda. O‘zimiz sevgan ishni qilishda davom etamiz, maqsadga esa tobora oz qolmoqda", — deya Dimarkoning so‘zlarini keltiradi fcinter1908.it.

Italiya chempionatining navbatdagi turida "Inter" "Milan"ga qarshi maydonga tushadi. Ushbu muhim bahs 8 mart, kelasi yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 06:45, 01.03.2026.
O'qildi: 822 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик