Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika 2-0 JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya

Keyn Bundesligada noyob natijani qayd etdi

Keyn Bundesligada noyob natijani qayd etdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" hujumchisi Xarri Keyn Bundesliganing navbatdagi o‘yinida dubl qayd etdi — bu safar Dortmundning "Borussiya" jamoasi bundan aziyat chekdi. 32 yoshli futbolchi uchrashuvning 54 va 70-daqiqalarida raqib darvozasini ishg‘ol qildi — bu u uchun Germaniya chempionatida ketma-ket to‘rtinchi o‘yindagi dubl bo‘ldi.

Opta xabariga ko‘ra, bu Bundesliga rekordining takrorlanishidir. Bungacha ketma-ket to‘rtta o‘yinda ikki yoki undan ortiq gol urishga faqat Lotar Emmerix (1967) va Tomislav Marich (2001) muvaffaq bo‘lgan edi.

Keyn hisobida Germaniya ligasining joriy mavsumidagi 24 ta o‘yinda 30 ta gol mavjud. Ushbu seriyasi davomida u avvalroq "Xoffenxaym", "Verder" va Frankfurtning "Ayntraxt" jamoalarini ham ikkitadan gol bilan "siylagan" edi.

Kiritildi: 07:40, 01.03.2026.
O'qildi: 1007 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик