Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Joan Garsiya "Atletiko" bilan o‘yin oldidan "Barselona" muxlislariga murojaat qildi

Joan Garsiya "Atletiko" bilan o‘yin oldidan "Barselona" muxlislariga murojaat qildi

Baho:
+ | -

"Barselona" darvozaboni Joan Garsiya jamoaning shanba kuni La Liga doirasida "Vilyarreal" ustidan qozonilgan g‘alabasidan (4:1) so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi. Kataloniyaliklar Lamin Yamalning xet-trigi va Robert Levandovskining goli evaziga zafar quchishdi.

Seshanba kuni, 3 mart kuni Xans-Diter Flik shogirdlari o‘z maydonlarida Ispaniya Kubogi yarim finalining javob uchrashuvida "Atletiko"ni qabul qilishadi. Eslatib o‘tamiz, Madriddagi dastlabki bahsda "ko‘k-anorranglilar" 0:4 hisobida imkoniyatni boy berishgan edi.

"O‘z uyimizdagi ajoyib g‘alaba. Endi seshanba kungi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rish vaqti keldi. Bizga sizning qo‘llab-quvvatlashingiz juda zarur!", – deb yozdi Garsiya ijtimoiy tarmoqlarda "Barselona" muxlislariga qarata.

Kubok doirasidagi ushbu to‘qnashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 01:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 08:49, 01.03.2026.
O'qildi: 1047 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик