Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada 1-1 Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

Ta Chempionlar ligasida "Atalanta"ga qarshi o‘yinlardan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi

Ta Chempionlar ligasida "Atalanta"ga qarshi o‘yinlardan nimalar kutayotgani bilan o‘rtoqlashdi

Baho:
+ | -

"Bavariya" himoyachisi Jonatan Ta UYEFA Chempionlar ligasi 1/8 final bosqichi qur’asi natijalariga ko‘ra myunxenliklarning "Atalanta" bilan to‘qnash kelishi borasida o‘z fikrlarini bildirdi.

"Men "Atalanta"ga qarshi ilgari ham o‘ynaganman, bu yuqori intensivlik bilan harakat qiladigan kuchli raqib. Ularning Dortmundning "Borussiya" jamoasiga qarshi o‘yinlarida hamma ular nimalarga qodir ekanligini ko‘rdi. Men ushbu uchrashuvni intiqlik bilan kutyapman! Javob o‘yinini o‘z maydonimizda o‘tkazish ustunligi meni unchalik qiziqtirmaydi, chunki yakunda keyingi bosqichga chiqish uchun ikki o‘yin natijasiga ko‘ra g‘alaba qozonish muhim. To‘g‘ri, "Bayer" bilan to‘qnashish men uchun o‘ziga xos bo‘lardi, lekin menimcha, Chempionlar ligasida italiyalik raqib bilan o‘ynash sof nemischa qarama-qarshilikdan ko‘ra yaxshiroq", — deya Taning so‘zlarini keltiradi Myunxen klubi rasmiy sayti.

Kiritildi: 08:59, 01.03.2026.
O'qildi: 587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик