Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

London derbisidagi g‘alabadan so‘ng "Arsenal" peshqadamlikni mustahkamladi (Turnir jadvali)

London derbisidagi g‘alabadan so‘ng "Arsenal" peshqadamlikni mustahkamladi (Turnir jadvali)

Baho:
+ | -

"Arsenal" Premyer-liga turnir jadvalida "Manchester Siti" bilan oradagi farqni yana besh ochkogacha oshirdi.

Murabbiy Mikel Arteta shogirdlari o‘z maydonida kechgan London derbisida "Chelsi"ni mag‘lub etishdi (2:1). Ayni damda "Arsenal" 64 ochko jamg‘argan bo‘lib, ular kuchli oltilikdagi barcha klublardan bitta ko‘p o‘yin o‘tkazishgan. Bunga qadar "kanonirlar" 31-turning qoldirilgan bahsida "Vulverxempton" bilan durang (2:2) o‘ynashgan edi. Ikkinchi o‘rinda borayotgan va peshqadamdan 5 ochko orqada qolayotgan "Manchester Siti" 31-tur doirasidagi "Kristal Pelas"ga qarshi uchrashuvini kechroq o‘tkazadi.

Turnir jadvalining uchinchi pog‘onasini "Manchester Yunayted" (51 ochko) egallab turibdi. Keyingi o‘rinlardan "Aston Villa" (51), "Liverpul" (48) va "Chelsi" (45) joy olgan.

APL Turnir Jadvali (Kuchli o‘nlik)

Jamoa O‘yin G‘ D M Ochko Ochko %
1 Arsenal 29 19 7 3 64 73.6%
2 Manchester Siti 28 18 5 5 59 70.2%
3 Manchester Yunayted 28 14 9 5 51 60.7%
4 Aston Villa 28 15 6 7 51 60.7%
5 Liverpul 28 14 6 8 48 57.1%
6 Chelsi 28 12 9 7 45 53.6%
7 Brentford 28 13 4 11 43 51.2%
8 Everton 28 11 7 10 40 47.6%
9 Fulxem 28 12 4 12 40 47.6%
10 Bornmut 28 9 12 7 39 46.4%
Kiritildi: 09:00, 02.03.2026.
O'qildi: 1407 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик