Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jorje Jezush Ronalduning holati haqida ma’lumot berdi

Jorje Jezush Ronalduning holati haqida ma’lumot berdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: OSIYO / Murabbiylar / Fikrlar
Rukn: Yangiliklar

Saudiyaning «An-Nasr» klubi ustozi Jorje Jezush jamoaning yulduz markaziy hujumchisi Krishtianu Ronalduning jarohati haqida fikr bildirdi. 41 yoshli futbolchi «Al-Feyha»ga qarshi bahsda (3:1) jarohat oldi.

«Ronaldu mushaklarida og‘riq sezdi. Biz tavakkal qilmaslikka qaror qildik, shu sababli uni almashtirdik. Tibbiy xodimlarimiz jarohatning qay darajada jiddiy ekanini baholashadi», — deya mutaxassisning so‘zlarini A Bola nashri keltirmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Krishtianu 11 metrlik jarima zarbasini (penalti) golga aylantira olmadi.

Joriy mavsumda portugaliyalik futbolchi Saudiya jamoasi safida 26 ta o‘yinda maydonga tushdi. Hujumchi o‘z hisobiga 22 ta gol va 4 ta golli uzatmani yozdirib qo‘yishga ulgurdi.

Kiritildi: 12:16, 02.03.2026.
O'qildi: 1046 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик