Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Liverpul» afsonasi Arne Slotni yosh iqtidorni tarkibga kiritishga chaqirdi

«Liverpul» afsonasi Arne Slotni yosh iqtidorni tarkibga kiritishga chaqirdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning afsonaviy sobiq sardori Stiven Jerrard 17 yoshli Rio Ngumoxa jamoaning asosiy tarkibida maydonga tushishi kerak deb hisoblaydi.

Seshanba kuni «qizillar» Premyer-liga doirasidagi bahsda «Vulverxempton»ga imkoniyatni boy berishdi (1:2). Jamoa bosh murabbiyi Arne Slot yosh vingerni 65-daqiqada Kodi Gakponing o‘rniga maydonga tushirdi.

«Murabbiy Ngumoxani asosiy tarkibda tushirishga majbur. Bugun u maydonda bo‘lgan qisqa vaqt ichida Gakpo 60 daqiqa davomida qilganidan ko‘proq ish bajardi», — deya ingliz OAV Jerrardning so‘zlarini keltirmoqda.

Yaqinda matbuotda Arne Slot mavsumning qolgan qismida Rio Ngumoxani maydonga tez-tez tushirishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 11:56, 04.03.2026.
O'qildi: 710 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик