Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

"Siti" fanatlari uchun xushxabar!

"Siti" fanatlari uchun xushxabar!

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" hujumchisi Erling Xoland jarohatidan qutuldi va maydonga qaytishga tayyor.

Norvegiyalik futbolchi "shaharliklar"ning "Lids"ga qarshi o‘tkazilgan avvalgi o‘yinini jarohat sababli o‘tkazib yuborgan edi. The Touchline nashri xabariga ko‘ra, yulduzli forvard to‘liq sog‘aygan va Premyer-liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan "Nottingem Forest"ga qarshi bahsda asosiy tarkibda maydonga tushishi mumkin. Uchrashuv chorshanba, 4 mart kuni bo‘lib o‘tadi, o‘yin Toshkent vaqti bilan 00:30 da boshlanishi rejalashtirilgan.

Hozirgi vaqtda Erling Xoland 27 ta o‘yinda 22 ta gol urgan holda Angliya chempionati to‘purarlar ro‘yxatini boshqarib bormoqda, shuningdek, 25 yoshli futbolchi yetti bor jamoadoshlariga golli uzatma yetkazib bergan.

Kiritildi: 15:52, 04.03.2026.
O'qildi: 1819 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик