Himoyachi Konrad Laymerning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Germaniyaning Sky nashri xabar berishicha, avstriyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar to‘xtatib qo‘yilgan.
Dastlabki raqamlar almashinuvidan so‘ng, tomonlarning kutganlari o‘rtasida katta farq borligi ma’lum bo‘ldi. Laymer yillik maoshi soliqlar to‘langunga qadar 10 million yevrodan 15 million yevrogacha oshishini istamoqda. "Bavariya" rahbariyati hozircha bunday shartlarga rozi bo‘lishga tayyor emas.
Shu bilan birga, Laymer va uning vakillari "Bavariya" rahbariyati bilan yaxshi munosabatlarni saqlab qolayotgani qayd etilgan.
28 yoshli Konrad Laymer "Bavariya" safida 119 ta o‘yin o‘tkazib, 6 ta gol urdi va sheriklariga 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













