Kirish Ro'yxatdan o'tish

Allegrining maoshi oshishi kutilmoqda: «Milan» ustozi Chempionlar ligasi uchun mukofotlanadi

Allegrining maoshi oshishi kutilmoqda: «Milan» ustozi Chempionlar ligasi uchun mukofotlanadi

Baho:
+ | -

Massimiliano Allegri keyingi mavsumdan boshlab ko‘proq daromad olishi mumkin.

«La Gazzetta dello Sport» nashrining xabar berishicha, «Milan» Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritganidan so‘ng, bosh murabbiyning yillik maoshi 1 million yevroga oshib, 5 milliondan 6 million yevroga yetadi.

Shuningdek, shartnomadagi uchinchi yil kafolatlangan muddatga aylanadi. Avvalroq tomonlar 2027/28 yilgi mavsum uchun kelishuvni uzaytirish CHLga yo‘llanma olingan taqdirda avtomatik tarzda yoki rahbariyat qarori bilan amalga oshishiga kelishib olishgan edi. Joriy chempionatda kuchli to‘rtlikdan joy olish bu masalani kun tartibidan chiqaradi. Bundan tashqari, shartnomada 2028/29 yilgi mavsum uchun ham uzaytirish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

27-turdan so‘ng «Milan» A Seriya jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Jamoaning 5-o‘rindagi «Komo» bilan oradagi farqi 9 ochkoni tashkil etadi.

Kiritildi: 01:59, 07.03.2026.
O'qildi: 970 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик