Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

Musiala: "Nega bunday bo‘lganini tushunmadim"

Musiala: "Nega bunday bo‘lganini tushunmadim"

Baho:
+ | -
Bo'lim:
Rukn: Yangiliklar

«Bavariya» yarim himoyachisi Jamal Musiala asosiy jamoada ilk bor taqqan sardorlik bog‘ichi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Kimmix nima uchun uni menga berganini tushunmadim. Menimcha, Leon yoshi kattaroq bo‘lgani uchun bog‘ichni u taqishi kerak edi. Ammo men bundan xursandman. Bunday katta klubda sardorlik bog‘ichini taqish men uchun yuksak sharaf», — deya Musialaning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Bayern & Germany.

Germaniya chempionatining 25-turida «Bavariya» Myonxengladbaxning «Borussiya» jamoasini tor-mor etdi. Uchrashuv 4:1 hisobida yakunlandi. Musiala bahsdagi gollardan biriga mualliflik qildi.

Joriy mavsumda 23 yoshli Musiala barcha turnirlarda jami o‘nta o‘yinda maydonga tushib, ikkita gol va ikkita golli uzatmani o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

Kiritildi: 13:29, 07.03.2026.
O'qildi: 835 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик