«Liverpul» yarim himoyachisi Florian Virs Muhammad Saloh unga klubga moslashishda qanday yordam berganini esladi.
Germaniyalik futbolchi o‘tgan yilning yozida 125 million yevro evaziga «Bayer»dan «qizillar» safiga kelib qo‘shilgan edi. Yulduz yangi o‘yinchi uchun Angliyadagi dastlabki oylar biroz murakkab kechdi: u doimiy ravishda tanqidlarga uchradi va uzoq vaqt davomida samarali harakatlari bilan ajralib tura olmadi.
«Saloh menga doimo yordam berishga harakat qilardi, men bilan suhbatlashardi. U ham «Liverpul»ga yosh paytida kelgan va katta transfer bo‘lgan edi. O‘zimni erkin his qilishim uchun u birinchi bo‘lib gap boshlashga harakat qilardi», — deya Virsning so‘zlarini keltiradi Anfield Sector.
22 yoshli hujumkor yarim himoyachi «Liverpul» safida barcha musobaqalarda 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













