Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:00 So‘g‘diyona - Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor - Lokomotiv

Kimmix «Atalanta» fanatlarini alohida e’tirof etdi

Kimmix «Atalanta» fanatlarini alohida e’tirof etdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» yarim himoyachisi Yozua Kimmix Chempionlar ligasi doirasida «Atalanta»ga qarshi kechgan va 6:1 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan o‘yindan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Myunxenliklar Bergamodagi bahsning 67-daqiqasiga kelib raqib darvozasiga javobsiz oltita to‘p kiritdilar, maydon egalari esa bunga faqat 93-daqiqada javob qaytara olishdi.

«Oxirida gol o‘tkazib yuborganimiz achinarli, ammo umuman olganda, ayniqsa birinchi bo‘limda juda kuchli o‘yin ko‘rsatdik. O‘yinga kirishib ketish uchun taxminan besh daqiqa kerak bo‘ldi, shundan so‘ng ketma-ket golli vaziyatlar yarata boshladik. Biz raqibga muammo tug‘dira olishimizni bilardik, shu bilan birga, ushbu stadiondagi ajoyib muhitdan ham xabarimiz bor edi. Bunday hisob qayd etilayotgan bo‘lsa-da, muxlislar o‘z jamoasini bu qadar qo‘llab-quvvatlashda davom etganini hech qachon ko‘rmaganman. Bu hayratlanarli va «Atalanta» fanatlari haqida ko‘p narsani anglatadi», — dedi Kimmix OAV vakillari bilan suhbatda.

Javob uchrashuvi 18 mart kuni Myunxenda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 12:25, 11.03.2026.
O'qildi: 679 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик