Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti

"Bavariya"ning g‘alabasi qimmatga tushdi: Uch nafar asosiy futbolchi jarohat oldi

"Bavariya"ning g‘alabasi qimmatga tushdi: Uch nafar asosiy futbolchi jarohat oldi

Baho:
+ | -

"Bavariya" o‘zining rasmiy saytida bir nechta futbolchisining jarohat olgani haqida ma’lumot joylashtirdi. Unga ko‘ra, Myunxen klubining lazaretidan darvozabon Yonas Urbig, himoyachi Alfonso Devis va hujumkor yarim himoyachi Jamal Musiala joy oldi. Ushbu futbolchilarning barchasi Chempionlar Ligasi doirasida "Atalanta"ga qarshi kechgan (6:1 hisobidagi g‘alaba) o‘yinda ishtirok etishgan edi.

Urbigda bosh miya chayqalishi, Devisda o‘ng oyoq tizza osti paylari mushaklari cho‘zilishi aniqlangan. Musialada esa o‘tgan yozda orttirilgan to‘piq jarohatining asorati kuzatilgan. "Bavariya" futbolchilarning tiklanish muddatlari haqida hozircha ma’lumot bermadi.

Eslatib o‘tamiz, Yonas Urbig Bergamodagi o‘yinda asosiy darvozabon Manuel Noyerning jarohati sababli "Bavariya" darvozasini qo‘riqlagan edi.

Kiritildi: 22:25, 11.03.2026.
O'qildi: 680 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик