Kirish Ro'yxatdan o'tish

Laporta: «Deku futbolni Alemaniga qaraganda ancha yaxshi tushunadi»

Laporta: «Deku futbolni Alemaniga qaraganda ancha yaxshi tushunadi»

Baho:
+ | -

«Barselona» rahbari Joan Laporta klubning hozirgi sport direktori Deku Mateu Alemanidan ancha ustun ekanligini ta’kidladi.

Hozirda Madridning «Atletiko» klubida faoliyat yuritayotgan ispaniyalik mutaxassis (Alemani) 2021 yildan 2023 yilga qadar Kataloniya klubida ushbu lavozimni egallagan edi.

«Deku Alemanidan ancha yaxshiroq, chunki Alemani futbolni taxminan men bilan bir xil darajada tushunadi», — deya bayonot berdi Laporta. Uning so‘zlarini «Esport3» nashri keltirmoqda.

Deku 2023 yilning yozidan buyon «Barsa» sport direktori lavozimida ishlab kelmoqda. Avvalroq, o‘z vaqtida «ko‘k-anorranglilar» safida futbolchi sifatida muvaffaqiyatli to‘p surgan portugaliyalik funksioner, agar Laporta prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lsa, klubdan ketishi mumkinligi haqida to‘xtalib o‘tgan edi.

Kiritildi: 14:01, 13.03.2026.
O'qildi: 789 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик