Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/05 00:00 Arsenal 1-0 Byornli
19/05 23:30 Bornmut 1-1 Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi 2-1 Tottenhem

«Barselona» Reshfordga La Ligadan o‘rinbosar tanladi

«Barselona» Reshfordga La Ligadan o‘rinbosar tanladi

Baho:
+ | -

«Barselona» klubi vinger Markus Reshfordning o‘rniga muqobil variantlarni o‘rganmoqda. Angliyalik futbolchi ayni damda «ko‘k-anorranglilar» safida «Manchester Yunayted»dan ijaraga olingan holda to‘p surmoqda. Kataloniya klubi 28 yoshli o‘yinchining transferini to‘liq sotib olishga qiziqish bildirmoqda, biroq «qizil iblislar» bilan hozircha kelishuvga erishilmagan.

«Marca» nashrining xabariga ko‘ra, agar Reshfordni sotib olishning iloji bo‘lmasa, «Barselona» e’tiborini Abde Ezzalzuli nomzodiga qaratadi. Marokashlik futbolchi joriy mavsumni «Betis» safida juda yaxshi holatda o‘tkazmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ezzalzuli «Betis»ga o‘tishdan oldin aynan «Barsa» sharafini himoya qilgan va kataloniyaliklarda uni birinchi navbatda sotib olish huquqi saqlanib qolgan. «Transfermarkt» portali 24 yoshli marokashlik vingerning qiymatini 20 mln yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 14:35, 13.03.2026.
O'qildi: 3172 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик